
Rossiya so‘nggi ikki o‘n yillikda Arktika mintaqasi uchun kurashda Qo‘shma Shtatlarni ortda qoldirmoqda, deya yozadi “Politico” nashri shahrlovchisi Kennet Rozen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva o‘zining atom muzyorar floti, suv osti kemalarini kuchaytirmoqda, foydali qazilmalar, neft quduqlarini qazishni rivojlantirmoqda, 2025 yilga kelib ochilishi mumkin bo‘lgan yangi Shimoliy dengiz yo‘li yoki Transqutb dengiz yo‘li ustidan nazorat o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
“Bu paytda Amerika tajribasi va imkoniyatlari kamligi sharoitida quvlashmachoq o‘ynayapti”, - deb hisoblaydi Rozen.
Uning tushuntirishicha, AQSHning 2 ta muzyorari bor, Rossiyaniki esa 50 tadan ziyod. Alyaskada AQSHning Arktik chuqur portlari yo‘q, Rossiya esa Arktika sohili bo‘ylab 50 taga yaqin bazasini modernizatsiya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar