
Kecha, 21 dekabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga tashrif buyurdi va Kongressda nutq so‘zladi.
«Biz allaqachon g‘alaba qozonganmiz – endi biz qo‘rqmaymiz. Rus zulmi bizni ustimizdan o‘z nazoratini yo‘qotdi. Ruslarning o‘zlari esa Kremlning rivoyatlarini o‘z ongida mag‘lub etganidagina o‘zlarini ozod qila oladilar», – deydi Zelenskiy.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, bu «nafaqat hudud uchun kurash». Bu urush kelajak avlod qanday dunyoda yashashini belgilab beradi.
«Bu nafaqat hudud uchun kurash - bu bizning bolalarimiz va nevaralarimiz qanday dunyoda yashashini aniqlaydi. Ukraina ushlab turibdi va hech qachon taslim bo‘lmaydi. Biz hech qachon amerikalik askarlardan bizning hududimizda biz uchun jang qilishlarini so‘ramaganmiz – Ukraina harbiylari Amerika tanklari va samolyotlarini o‘zlari nazorat qila oladi. Lekin sizning moliyaviy yordamingiz juda muhim», – dedi u.
Ukraina qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga yordami xayriya emas, balki global xavfsizlik va demokratiya uchun sarmoyadir.
«Rossiya istasa agressiyani to‘xtata olardi. Lekin u Kreml tomonidan zaharlangan va undan tinchlik sari qadamlarni kutish soddalik. Rossiya urush oqibatlarini his qilish uchun sanksiyalarni oshirishingiz mumkin. Keling, buni qilaylik», – dedi Ukraina rahbari.
Vladimir Zelenskiy Ukraina kurashni davom ettirishini va g‘alaba qozonishini qo‘shimcha qildi.
«Hamma ukrainaliklar faqat g‘alabani xohlaydi. Ukraina hech qachon taslim bo‘lmaydi; Siz bizning g‘alabamizni tezlashtira olasiz. Men buni bilaman», – deya o‘z nutqini yakunladi Zelenskiy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar