21:20 / 22.12.2022
1 141

AQSH Kongressi Tramp yillar davomida soliq to‘lamaganini tasdiqladi

AQSH Kongressi Tramp yillar davomida soliq to‘lamaganini tasdiqladi
Foto: Getty Images
AQSH Soliq xizmatini (IRS) nazorat qiluvchi Kongress Vakillar palatasi qo‘mitasi Oq uy sobiq rahbari Donald Trampning 2015 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrdagi soliq deklaratsiyasini o‘rganib chiqdi va o‘z hisobotini e’lon qildi.

Qo‘mita a’zolariga ko‘ra, mamlakatning sobiq prezidenti ba’zida umuman soliq to‘lamagan.

Tramp prezidentlik davridan oldin ham, prezident paytida ham to‘lagan soliqlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan muntazam bosh tortgani sababli, hujjatlarni o‘rganish muammo tug‘dirgan. Bunday sharoitda audit tekshiruvini o‘tkazish qimmatga tushishi va ko‘p vaqt talab qilishi bilan murakkablashar edi.

Soliq xizmatining kamchiliklari auditorlarning yetarli emasligi bilan izohlandi.

IRS kamchiliklarini aniqlash oson. Ularda resurs yetishmaydi. Boyvachchalar soliq qonunlarini chetlab o‘tishi mumkin, chunki IRS ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun resurslarga ega emas, dedi Stiven Rozental, Urban Institute Soliq siyosati markazining katta ilmiy xodimi.

Biroq agentlik Donald Tramp 2018-2019 yillarda jami 1,1 million dollar miqdorida daromad solig‘i to‘laganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. 2017 yilda bu miqdor bor-yo‘g‘i 750 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda siyosatchi katta zarar ko‘rganini aytib, g‘aznaga bir dollar ham to‘lamadi.

Tramp 2015 va 2020 yillar oralig‘ida xayriyaga ham pul sarflagan, bu masalani yanada murakkablashtiradi. Chunki, u zarar ko‘rgani bahonasida xayriya mablag‘larini soliqlardan chegirib tashlashni keyingi yillarga qoldirgan. Bu esa vaziyatni yanada chigallashtirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo