17:16 / 27.12.2022
1 270

Ukrainada Alisher Usmonovning 54 mln dollarlik mulki hibsga olindi

Ukrainada Alisher Usmonovning 54 mln dollarlik mulki hibsga olindi
Foto: Bloomberg
Ukrainada rossiyalik oligarx Alisher Usmonov kompaniyasiga tegishli bo‘lgan temir rudasi partiyasi hibsga olindi. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Xatlovga olingan mulk deyarli 2 milliard grivnaga (54 mln 350 ming dollar) baholanmoqda.

«Tergov va tezkor tadbirlar natijasida Moliyaviy tergov xizmati xodimlari bilan birgalikda 160 ming tonnadan ortiq Ukraina temir rudasi saqlangan Rossiya yerosti omborlari aniqlandi. Yashirin xom ashyo Ukrainaning bir nechta dengiz portlari hududida topildi. Hibsga olingan foydali qazilmalarning umumiy qiymati taxminan 2 milliard grivnani tashkil qiladi. Aniqlanishicha, topilgan temir rudasi rossiyalik oligarx, Kreml oliy harbiy-siyosiy rahbariyatining yaqin doirasiga mansub Alisher Usmonov kompaniyasiga tegishli», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, xom ashyoni noqonuniy ravishda dengiz orqali Rossiya hududiga olib o‘tishga, so‘ngra ularni metallurgiya sanoati va Rossiya harbiy-sanoat kompleksi ehtiyojlariga o‘tkazishga urinish bo‘lgan.

Biroq mulk hibsga olingan, uni Korrupsiya va boshqa jinoyatlardan olingan mol-mulkni aniqlash, qidirish va boshqarish milliy agentligiga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo