19:14 / 27.12.2022
3 161

«Eshitganlarim ichida eng be’manisi». Mask Medvedevning 2023 yilga oid prognozlariga munosabat bildirdi

«Eshitganlarim ichida eng be’manisi». Mask Medvedevning 2023 yilga oid prognozlariga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev tomonidan e’lon qilingan 2023 yilgi o‘nta prognozni o‘zi shu paytgacha eshitgan eng bema’ni bashorat deb atadi. Bu haqda Mask Medvedevning Twitter'dagi posti ostiga yozdi.

Dastlab Mask ushbu prognozlarni «epik» deb atagan va bir yildan keyin ular haqida eslatishni so‘ragan.

«Bu, shubhasiz, men eshitgan eng bema’ni prognozlar, ular sun’iy intellekt va barqaror energiya taraqqiyotidan bexabarlikni ko‘rsatadi», — deb yozadi Mask.

26 dekabr kuni Dmitriy Medvedev kelasi yil nimalar sodir bo‘lishi yuzasidan o‘zining «futuristik farazlari» bilan bo‘lishdi. Xususan, u 2023 yilda neft va gaz narxining qanchaga oshishini, Yevroittifoq parchalanib ketishini va AQSHda fuqarolar urushi boshlanishini, AQSH prezidentligiga saylovlarda Ilon Maskning g‘alabasini taxmin qilgan. Posti yakunida esa Medvedev «Barchangizga, angl-sakson do‘stlar va ularning shodlik bilan xurillayotgan cho‘chqalariga salom!» deb yozgan.

Undan avval Medvedev «Rossiyskaya gazeta»da «Bizning xalqimiz, yerimiz, haqiqatimiz» nomli maqolasini chop ettirgan va unda 6 band bilan 2022 yil yakunlarini sarhisob qilgan. U Ukrainaning amaldagi rasmiylari bilan tinchlik muzokaralarini rad etgan va davom etayotgan yadroviy tahdid haqida gapirgan. Ammo u «oxirzamon hali kelmaydi», deb ishontirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo