23:47 / 27.12.2022
3 287

G‘arb Rossiyaning “neft javobi”dan qo‘rqdi

G‘arb Rossiyaning “neft javobi”dan qo‘rqdi
Rossiya G‘arb tomonidan neft narxiga o‘rnatilgan chegaraga javob berishga tayyorlanar ekan, jahon bozorlarida asabiylik kuchaymoqda. Bu haqda Fransiyaning “Les Echos” gazetasida chop etilgan maqolada aytiladi.

Qayd etilishicha, Rossiyaning neft qazib olishni qisqartirishga tayyorligi xavotirlarni uyg‘otdi, chunki ishlab chiqarishni biroz qisqartirish ham allaqachon o‘ta beqaror bo‘lgan bozorda keskinlikni kuchaytirishi mumkin.

So‘nggi haftalarda neft narxi bir yil ichida eng past darajaga yetdi, ammo so‘nggi kunlarda bozorda global taklifning kamayishi qo‘rquvi fonida ular “ko‘tarildi”.

Bundan tashqari, AQSHda qora oltin zahiralarining qisqargani haqidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi va zaxiralarni to‘ldirish uchun neft xaridlari boshlangani e’lon qilingani ham neft narxining oshishiga sabab bo‘lgan yana bir omil bo‘ldi.

Prezident Vladimir Putin narxlar chegarasining kuchga kirishini izohlar ekan, mamlakat cheklovlarni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlarga neft sotmasligini aytdi. Shuningdek, u tez orada javob choralari bo‘yicha farmon chiqarishini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘arb Rossiyaning “neft javobi”dan qo‘rqdi
ePN