
Qozog‘iston parlamenti deputatlari Nursulton Nazarboyevning Elboshi maqomini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilish uchun ovoz berdi.
Qonun loyihasining to‘liq nomi «Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida» deya nomlanadi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan 90 nafar deputatning barchasi bir ovozdan qonun loyihasining kuchga kirishini qo‘llab-quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida qabul qilingan «Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, mamlakat poytaxti nomi ham Nur-Sultondan Ostonaga o‘zgartirilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar