20:31 / 28.12.2022
1 132

Xitoyda tuman oqibatida 200dan oshiq mashina to‘qnashib ketdi (foto)

Xitoyda tuman oqibatida 200dan oshiq mashina to‘qnashib ketdi (foto)
Foto: AFP.
Xitoy markaziy qismida joylashgan Xenan provinsiyasidagi Chjenchjou shahrida quyuq tuman tufayli 200 dan ortiq avtomobil to‘qnashib ketdi, kamida bir kishi halok bo‘ldi.

Xitoy markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, voqea chorshanba kuni ertalab soat 7:40 da ikki tomonlama yo‘l ko‘prigida sodir bo‘lgan.

Yo‘lda ko‘rinishning yomonligi tufayli ko‘p sonli avtomobillar bir-biri bilan to‘qnashgan.

Voqea joyida ishlayotgan qutqaruvchilarning dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, halokatda 200 donadan oshiq mashina ishtirok etgan.

Yirik avariya oqibatlarini bartaraf etishda 11 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 66 nafar qutqaruvchi ishlamoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo