
Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin videokonferensiya orqali muloqot qildi. Unda, Xitoy rahbari qiyin xalqaro vaziyatda Xitoy Rossiya bilan strategik hamkorlikka tayyor ekanligini ta’kidladi.
«Bunday murakkab xalqaro sharoitda biz mamlakatlarimiz xalqlari farovonligi va barqarorlik manfaatlari yo‘lida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, bir-birimizga rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etishga, global sherik bo‘lishga tayyormiz», – deydi Xitoy rahbari.
O‘z navbatida, Vladimir Putin ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik alohida o‘rin tutishini, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy va muhim mintaqalarda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishini aytdi.
Bundan tashqari, Vladimir Putin bu yil bahorida Si Szinpinni Moskvaga taklif qildi va Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi intensiv ikki tomonlama almashinuvlar davom etishini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar