13:47 / 31.12.2022
1 099

Xitoyning AQSHdagi sobiq elchisi tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi

Xitoyning AQSHdagi sobiq elchisi tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi
Sin Gang / Foto: Getty Images
Xitoyning AQSHdagi elchisi Sin Gang Xitoyning yangi tashqi ishlar vaziri bo‘ldi, deya ma’lum qildi Xitoy rahbari Si Jinping. Bu haqda 30 dekabr, juma kuni Reuters agentligi xabar berdi.

Sin Gang o‘zining yangi lavozimida so‘nggi o‘n yil davomida mamlakat tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelgan Van Ining o‘rnini egallaydi. Yangi tashqi ishlar vaziri Xitoy tashqi siyosatida muhimroq rol o‘ynashi kutilmoqda va tashqi ishlar vazirining AQSHdagi sobiq elchisiga o‘zgarishi Pekin va Vashingtonning murakkab munosabatlarni barqarorlashtirishga urinishlari fonida sodir bo‘ldi, deya qayd etadi Reuters.

Agentlik yozishicha, Sin Gang AQSHdagi nisbatan qisqa xizmat muddati davomida AQSH-Xitoy munosabatlariga optimistik nuqtayi nazar bilan qaragan bo‘lsa-da, uning faoliyati ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuviga to‘g‘ri keldi.

2005—2010 yillarda Sin Gang Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili, bir yildan so‘ng Buyuk Britaniyadagi elchi, 2011 yildan esa mamlakat Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, 2018 yilda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.

Sin Gang tashqi ishlar vaziri etib tayinlanishidan bir necha kun oldin Amerikaning The National Interest jurnalida maqola e’lon qildi, unda boshqa narsalar qatorida Ukrainadagi urush haqida ham eslatib o‘tdi.

"Xitoy Ukrainadagi vaziyatdan juda xavotirda. Garchi bu juda qayg‘uli bo‘lsa-da, u yerda sodir bo‘layotgan voqealar muhim saboq beradi: mojarolar va urushlarda g‘oliblar yo‘q, murakkab masalalar oson yechim topmaydi, yirik davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan qochish kerak", deb yozgan u.

Yangi tashqi ishlar vaziri Ukrainadagi urush sharoitida "hozirgi eng dolzarb vazifa" - Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini, shuningdek, AQSH, Yevropa Ittifoqi, NATO va Rossiya o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish ekanini ta’kidladi. "Uzoq muddatda odamlar o‘z xavfsizligini boshqa mamlakatlarning ishonchsizligiga asoslash ish bermasligini tushunishlari kerak; muvozanatli, samarali va barqaror Yevropa xavfsizlik tuzilmasini yaratish kerak. Bundan boshqa tanlov yo‘q", - deya ta’kidladi Sin Gang.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo