06:00 / 03.01.2023
1 332

Nyu-Yorkda inson jasadini kompost qilishga ruxsat berildi

Nyu-Yorkda inson jasadini kompost qilishga ruxsat berildi
Foto: Getty Images
2019 yilda Vashington inson jasadi qoldiqlarini kompost qilishni qonuniylashtirgan birinchi AQSH shtatiga aylangan edi. Keyinchalik Kolorado, Oregon, Vermont va Kaliforniya shtati ham shunday qarorni qabul qildi.

Nyu-York shtati gubernatori Keti Hokul ham 31 dekabr kuni inson jasadi qoldiqlarini kompost qilishga ruxsat berdi.

Qayd qilinishicha, inson jasadi qoldiqlarini kompost qilish dafn etish va krematsiyaga nisbatan ekologik toza usul hisoblanadi. Inson jasadi yog‘och qirindilari, beda va somon bilan to‘ldirilgan germetik konteynerga joylashtiriladi. Keyin konteyner yopiladi va mikroblar 30 kun ichida jasad qoldiqlarini kompostga aylantiradi, keyin u marhumning qarindoshlariga beriladi. Kompostdan gullar, daraxtlar yoki sabzavotlar o‘stirishda foydalanishi mumkin.

Kompostlash dafn etish va krematsiyadan ko‘ra kamroq uglerod chiqaradi, shuningdek, yer maydonlari cheklangan shaharlarda qabriston bilan bog‘liq muammolarga yechim bo‘lishi mumkin. Biroq, kompostlash natijasida hosil bo‘lgan tuproqni nima qilish kerakligi bilan bog‘liq axloqiy savollar ham mavjud. Masalan, ba’zi ruhoniylar inson jasadi maishiy chiqindi emasligini ta’kidlab, undan kompost tayyorlashga qarshi chiqmoqda.

Kompostlash narxi ham tashvishlidir. Biroq, bunday xizmatni taklif qiluvchi Amerikaning Recompose kompaniyasi 7 ming dollarlik narx boshqa dafn turlari bilan raqobatbardosh ekanini ta’kidlamoqda.

Taqqoslanadigan bo‘lsa, 2021 yilda Qo‘shma Shtatlarda dafn marosimining o‘rtacha narxi 7 848 dollarni yoki krematsiya bilan dafn marosimi uchun 6 971 dollarni tashkil etdi.

Inson jasadini kompost qilish Shvetsiyada ham ruxsat etilgan, Buyuk Britaniyada esa jasadni tobutsiz yoki tez parchalanadigan tobutda dafn etishga ruxsat berilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo