date

Misrlik mutasaddilar EgyptAir samolyoti dengizga qulab tushganini aytishmoqda

Misrlik mutasaddilar EgyptAir samolyoti dengizga qulab tushganini aytishmoqda

OAVda O‘rta Er dengizida radarlardan yo‘qolib qolgan Misrning EgyptAir aviakompaniyasi samolyoti dengizga qulab tushgani aytilmoqda. Al Mayadeen telekanalining aviakompaniyadagi manbasiga asoslanib shunday ma’lumot tarqatgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Hozircha bu xabar rasmiy tasdig‘ini topganicha yo‘q.

"El-Vafd" portali ma’lumotiga ko‘ra, Parijdan Qohiraga uchishni amalga oshirayotgan samolyot Gresiya havo hududiga kirganidan 20 daqiqa o‘tib aloqadan uzilgan. Misrdagilar samolyot nochorlik signali uzatmaganini aytishgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 56 nafar yo‘lovchi va ekipajning 10 nafar a’zosi bo‘lgan. Ularning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Samolyotning radarlardan yo‘qolgani haqidagi xabardan keyin Misrda vaziyatni yoritib borish bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi. Misr va Gresiya harbiy aviasiyasi samolyotni qidirish ishlariga jalb etildi.

Ma’lum qilinishicha, aviakomaniya bu A-320 samolyotidan 2003 yilda foydalanishni boshlagan. Uni ikki tajribali uchuvchi boshqargan, kema kapitani 6275 soatlik parvoz tajribasiga ega (shundan 2101 soati A-320 samolyotlarida), uning yordamchisi esa 2766 soatlik uchish tajribasiga ega bo‘lgan.

MS804 reysi Parijdagi "Sharl de Goll" aeroportidan mahalliy vaqt bilan 18 may kuni soat 23:09da (Toshkent vaqti bilan 19 may kuni soat 03:09) havoga ko‘tarilgan. U Misrga qo‘nishiga taxminan 15 daqiqa qolganida, Misr qirg‘oqlaridan 50 km shimolroqda radardan yo‘qolgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Misrlik mutasaddilar EgyptAir samolyoti dengizga qulab tushganini aytishmoqda