00:06 / 03.01.2023
2 065

Sankt-Peterburgda bir kechada ikki ming migrant qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgda bir kechada ikki ming migrant qo‘lga olindi
Foto: Fontanka.ru
Yangi yil arafasida Sankt-Peterburg markazida 2 mingga yaqin migrant qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining mintaqa bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Yaqin xorij mamlakatlarining 2 ming fuqarosi ushlanib, politsiya idoralariga olib borildi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida migratsiya qonunchiligini buzgan ko‘plab holatlar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi», deyiladi xabarda.

Departamentning qo‘shimcha qilishicha, migrantlarning qo‘lga olinishi shahar aholisi va mehmonlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning faqat bir qismidir.

Avvalroq, IIV rasmiy vakili Irina Volk Rossiyada yangi yil bayrami hodisalarsiz o‘tganini, politsiya xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlagani, tadbirlarda 1,6 milliondan ortiq kishi ishtirok etgani, navbatchilikni 66 ming xodim bajarganini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo