
Foto: Strana.ua
Polsha iqlim va atrof-muhit vaziri Anna Moskva. Polsha iqlim va atrof-muhit vaziri Anna Moskva ishxonasi va uyidagi havo haroratini 19 darajagacha tushirdi.
Vazirning aytishicha, elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish uchun u ishxonasi va uyidagi haroratni atayin pasaytirgan.
U o‘zi rahbarlik qilayotgan idora kun tartibida xarajatlarni iqtisod qilishda yordam beruvchi choralar ro‘yxati borligini ta’kidladi.
«Masalan, kechasi vazirligimizda ventilyatsiyalar o‘chiriladi. O‘ylashimcha, bu vaqtinchalik iqtisod qilishmas, balki yaxshi amaliyotga aylanadi», — dedi u.
Polshada 2023 yil 1 yanvaridan yangi qonun kuchga kirdi. U davlat organlari rahbarlariga o‘zlarining qo‘l ostidagi obyektlarda elektr energiyasi safini 10 foiz kamaytirish mujburiyatini yuklaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar