
Foto: Picture Alliance
AQSH Mudofaa vazirligi Soledar Rossiya kuchlari tomonidan qo‘lga olinganini tasdiqlamadi. Bu haqda Vashingtondagi brifingda Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder ma’lum qildi.
«Biz aniq bilamizki, ukrainaliklar Soledar yaqinida harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Pentagon vakili.
Shuningdek, u Pentagon Moskvaning Ukrainaga Belarus hududidan hujum qilishga tayyorlanayotgani alomatlarini ko‘rmayotganini ta’kidladi.
Rossiya kuchlarining Soledar to‘liq egallab olingani haqidagi bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlarining Sharqiy guruhi vakili Sergey Cherevatiy «Suspilne» telekanaliga bergan intervyusida.
«Rossiyaliklar Soledar ularning nazorati ostida ekanini aytishyapti, bu haqiqat emas. Tafsilotlar Bosh shtab xulosasida, kuting», - deb ma’lum qildi u.
O‘z navbatida, Ukraina Qurolli kuchlarining Strategik aloqa boshqarmasi Yevgeniy Prigojinning «Vagner» XHKning rossiyalik yollanma askarlari Soledar butun hududini nazorat qilayotgani haqidagi bayonotini yolg‘on ma’lumot va psixologik operatsiya deb atadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar