
Foto: Bloomberg
AQSHning Meyn shtatidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilgan lotereya chiptasi o‘z egasiga 1,348 milliard dollarlik jekpot keltirdi. Bu haqda «Ria Novosti» xabar bermoqda.
Lotereya Mega Millions tashkilotchilari tomonidan o‘tkazilgan. Yutib olingan summa miqdori bo‘yicha tarixda ikkinchi o‘rinda turadi.
Noma’lum kishi 13 yanvar, juma kuni kechqurun aniqlangan barcha oltita yutuq raqamlarini taxmin qilgan.
Agar g‘olib o‘z yutug‘ini naqd pulda olishni tanlasa, soliqlar to‘lanmagan holda 723,5 million dollar oladi.
Aks holda, summa o‘ttiz yil davomida qismlarga bo‘lib to‘lanadi. Sovrin uch oy davom etgan va 26-urinishda o‘z egasini topgan. G‘olib bo‘lish imkoniyati 302,6 milliondan bir deb baholangan.
2018 yilgi 1,537 milliard dollarlik jekpot tarixdagi rekord yutuq bo‘lib qolmoqda. 2002 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan lotereya g‘olibi yettinchi bor 13-juma kuni aniqlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar