07:20 / 16.01.2023
201

Turkiya birinchi milliy aloqa sun’iy yo‘ldoshini sinovdan o‘tkazmoqda

Turkiya birinchi milliy aloqa sun’iy yo‘ldoshini sinovdan o‘tkazmoqda
Turkiya o‘zida ishlab chiqilgan ilk telekommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshi TÜRKSAT-6A'ni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishda davom etmoqda. Bu haqda Turkiya transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismoilo‘g‘li «Anadolu»ga ma’lum qildi.

«Sinovlar davomida sun’iy yo‘ldoshning mustahkamligi kosmik muhitda bo‘lishi vaqtida baholanadi. 2022 yil dekabr holatiga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshning birinchi funksional va termal vakuum sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi», — degan vazir.

2014 yilda Transport va infratuzilma vazirligi, TÜBİTAK va TÜRKSAT o‘rtasida TÜRKSAT-6A milliy aloqa sun’iy yo‘ldoshi loyihasi bo‘yicha Shartnoma va qo‘shimcha protokol imzolandi. Shu tariqa Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an homiyligida amalga oshirilgan loyiha rasman ishga tushirildi.

TÜRKSAT-6A mahalliy resurslardan foydalangan holda muhim texnologiyalarni ishlab chiqarishga, shuningdek, ilgari qamrab olingan geografik mintaqalarga xizmat ko‘rsatishga katta hissa qo‘shadi.

Karaismailog‘luning so‘zlariga ko‘ra, loyiha katta e’tibor va ichki resurslarni jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Sun’iy yo‘ldoshning «texnik modeli»ni ishlab chiqarish, integratsiya qilish va sinovdan o‘tkazish 2022 yil avgustida yakunlangan edi. Orbitada o‘z missiyasini bajaradigan «uchar model»ga integratsiya bo‘yicha ishlarni aksariyat qismi yakunlandi, degan Karaismailog‘lu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha test sinovlari reja asosida o‘tkazilib, loyihaning amalga oshirilishi bilan bog‘liq vaziyat barcha manfaatdor tomonlar va muassasalar tomonidan nazoratga olingan. “TÜRKSAT-6A uchirilishi 2023 yilda SpaceX Falcon 9 raketalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

TÜRKSAT-6A Turkiya tomonidan ishlab chiqilgan birinchi sun’iy yo‘ldosh aloqa platformasidir, dedi Karaismailog‘li.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo