11:50 / 16.01.2023
459

Nepaldagi aviahalokatda tirik qolganlar haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Nepaldagi aviahalokatda tirik qolganlar haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Foto: «Kathmandupost.com»
Fransiyaning AFP agentligi Kaski tumani rahbari o‘rinbosari Gurudatta Dxakalga tayanib xabar berishicha, Nepaldagi aviahalokat natijasida tirik qolganlar bor.

«Ayni paytgacha 29 ta jasadni aniqladik, shuningdek, omon qolgan bir necha kishini davolash uchun kasalxonaga yubordik», — deya AFP mansabdorning gaplarini keltirib o‘tdi.

Aynan necha kishi tirik qolganiga aniqlik kiritilmadi.

Nepal News nashri xabarlariga ko‘ra, voqea joyida 68 kishining jasadi topilgan, to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanilmoqda.

Xinhua agentligi mahalliy politsiyaga tayanib yozishicha, jasadlar 200 metr chuqurlikdagi jarlikdan topilgan. Nepal armiyasi spikeri Krishna Prasad Bxandari aytishicha, samolyotning 80 foiz qismi alanga oqibatida vayron bo‘lgan, murdalarning ko‘pchiligini esa tanib bo‘lmagan.

Yo‘lovchilar orasida 15 nafar xorijlik bo‘lgani aytilmoqda, bular besh nafar hindistonlik, to‘rt rossiyalik, ikki koreyalik hamda Argentina, Irlandiya, Avstraliya va Fransiyadan bir kishidan.

Eslatib o‘tamiz, ATR 72 turbovintli yo‘lovchi samolyoti 15 yanvar kuni Pokxara shahrida eski va yangi aeroportlar oralig‘ida halokatga uchradi.

Mahalliy Yeti Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Pokxaraga Katmandudan uchib kelgan. Aviakompaniya vakili xabariga ko‘ra, bortda 68 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo