
Foto: Travelcalendar
Hindiston janubidagi Tamilnad shtatida o‘tkazilayotgan an’anaviy Pongal (hosil) bayramida 60 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi ANI agentligi.
Bayramda ko‘chaga buqalar qo‘yib yuboriladi, qatnashchilar esa ularni shoxidan ushlab bo‘ysundirishlari kerak. O‘ziga xos buqalar jangida turli darajada jarohat olganlar Maduray shifoxonalariga keltirilgan. Ulardan 20 nafarining ahvoli og‘ir deyilmoqda.
Tamilnaddagi bayram bir necha kun davom etadi. Bellashuvlarda 5,4 ming nafar «bo‘ysundiruvchi» va 9,7 ming bosh buqa qatnashadi.
«Hind korridasi»ning mohiyati — buqalarni bo‘ysundirish. Qatnashchi buqaning shoxlarini ikki qo‘li bilan mahkam ushlab, ma’lum vaqtgacha qo‘yib yubormasligi kerak. Bu musobaqalar uchun buqalar maxsus sharoitda tayyorlanadi: odam bolasini imkon qadar ko‘rmaydi, yaxshilab boqiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar