Foto: wefoum
World Population Review ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Hindiston aholisi Xitoynikidan 5 millionga oshgan. Yanvar oyida XXR hukumati Xitoy aholisi 1960-yillardan beri birinchi marta qisqargani haqida xabar bergan edi.
Hindiston aholi soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi: o‘tgan yil oxirida u yerda 1,417 milliard kishi istiqomat qilgan - bu Xitoydagidan 5 million kishiga ko‘p, deyiladi 18 yanvar, chorshanba kuni World Population Review tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda.
Xitoy rasmiylari bir kun avval 2022 yilda mamlakat aholisi 1960-yillardan beri birinchi marta bir yil avvalgiga nisbatan 850 ming kishiga kamayganini ma’lum qildi. Xitoy Xalq Respublikasi Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, hozir mamlakatda 1 milliard 411 milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi.
World Population Review hisob-kitoblariga ko‘ra, Hindiston aholisi 18 yanvar holatiga ko‘ra 1,423 milliard kishiga yetgan. Boshqa bir tadqiqot tashkiloti - Macrotrends Hindistonda 1,428 milliard odam istiqomat qilishini da’vo qilmoqda.
Hindiston o‘z aholisi soni to‘g‘risida rasmiy ravishda yangi ma’lumotlarni e’lon qilmagan. Bu mamlakatda aholini ro‘yxatga olish har o‘n yilda bir marta o‘tkaziladi, biroq 2021 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli bu tartib qoldirildi. BMT 2023 yil oxirida Hindiston aholisi soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirishini taxmin qilgan.
Hindiston aholisining yarmi - 30 yoshgacha bo‘lganlar. Taxminan 800 million kishi hukumatdan bepul oziq-ovqat oladi - bu dunyodagi eng yirik shunday dastur.
Noyabr oyida dunyo aholisi, BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 8 milliard kishiga yetdi. World Population Review ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisi 1 milliard kishiga ko‘payishi uchun 12 yil vaqt kerak bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”