
Ukrainada urushning 330-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Yevroparlament Vladimir Putin, shuningdek Rossiya va Belarus oliy rahbariyati uchun maxsus harbiy tribunal tashkil etishni yoqlab ovoz berdi. Yevrodeputatlarning 472 nafari ovoz berishda «ha» tugmasini bosgan, 19 deputat qarshi chiqqan. Ammo Yevroparlament rezolyutsiyasi majburiy yuridik kuchga ega emas;
- Yevgeniy Prigojin «Vagner» yollanma jangchilari Baxmut atrofidagi Kleshchiyevka posyolkasini «to‘liq nazoratga olgani»ni aytdi. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi rossiyaliklarning bu hududga hujumlari qaytarilganini ma’lum qildi;
- Ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda Moskvadagi binolar tomlarida harbiy texnikalar joylashtirilgani aks etgan foto va videolar paydo bo‘ldi. Ular qatorida — «Pansir-S1» zenit-raketa kompleksi RF mudofaa vazirligi binosi tomiga o‘rnatilganini ko‘rish mumkin. Moskva rasmiylari va RF mudofaa vazirligi bu xabarlarga izoh bermadi;
- Eron Ukrainaning anneksiya qilingan hududlari, jumladan Qrimni Rossiyaniki deb tan olishdan bosh tortdi. Shu bilan birga, Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Eronning Shahed 136 va Shahed 131 dronlarining so‘nggi partiyasi Rossiyaga dekabr oyida kelgan bo‘lishi mumkin.
Baxmutdagi hayot
Ukrainalik harbiylar rossiyaliklarning Baxmutga 2022 yil iyulidan buyon davom etayotgan hujumlarini to‘xtatib turibdi. 19 yanvar kuni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmutdan 5 kilometr janubda joylashgan Kleshchiyevka posyolkasi egallanganini xabar qildi. Ukraina tomoni ushbu aholi yashash manzili boy berilganini tasdiqlamagan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabining 19 yanvar kungi svodkasida rossiyaliklarning ushbu qishloqqa hujumi qaytarilgani ma’lum qilingan. Quyida qamal holatidagi Baxmut shahridagi hayot aks etgan suratlar.

Ukrainalik jangchi foydalanishdan olingan va yodgorlikka aylantirilgan qiruvchi samolyot uchiga Ukraina bayrog‘ini ilmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmutdagi ko‘chalardan birida ukrain harbiy texnikasi yonidan o‘tayotgan tinch aholi vakili
Spencer Platt / Getty Images

Ibodatxona fonida yo‘l belgisiga mustahkamlangan Ukraina bayrog‘i
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oskolka izlari ko‘rinib turgan mashinada o‘tirgan baxmutlik ayol
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Baxmutning markaziy ko‘chalaridan birida yonib ketgan uy devorida aks etgan Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning portreti va «Baxmut lyubit Ukrainu» («Baxmut Ukrainani sevadi») yozuvi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Chasiv Yar o‘qqa tutilishi oqibatlari
Chasiv Yar shahri Baxmutdan taxminan 20 kilometr g‘arbda joylashgan. 16 yanvar kuni Rossiya qo‘shini Chasiv Yarni o‘qqa tutdi, maktab binosi va yana bir qancha uylar vayron bo‘ldi. Hujum vaqtida hech kim jabrlanmagan. Quyida voqea joyida ishlayotgan ukrainalik qutqaruvchilar suratlari.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Luhansk oblastida rossiyaliklar vertolyoti

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Frontning ikki tomonida Cho‘qintirish kuni

Mariupoldagi Taganrog bo‘g‘ozi sohilida Cho‘qintirish kunida cho‘milayotgan kishi. Harorat — plyus 5 daraja
Nikolay Trishin / TASS

Pravoslav ruhoniysi Luhanskdan taxminan 40 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan, «LXR» nazoratidagi Alchevsk shahri ibodatxonasida marosim o‘tkazmoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donetskdan taxminan 120 kilometr shimolda joylashgan, Kiyev nazoratida qolayotgan Slovyansk shahrida muz teshigiga tushayotgan ukrainalik harbiy. Foto: Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Ruhoniy Kiyev-Pechersk lavri hovlisida dindorlarga suv sepmoqda
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA

Buchadagi Buchanka daryosida cho‘milayotgan dindorlar
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Buchada harbiy xizmatchilarning dafn etilishi

15 yanvar kuni Baxmutda halok bo‘lgan ukrainalik harbiy Oleksiy Zavadskiyning yaqinlari uning dafn marosimida
Daniel Cole / AP / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar