date
views 273

AQSH «Vagner»ni «transmilliy jinoiy tashkilot» deb e’lon qiladi

AQSH «Vagner»ni «transmilliy jinoiy tashkilot» deb e’lon qiladi
Foto: RIA Novosti
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini «transmilliy jinoiy tashkilot» sifatida baholashga qaror qilgan va kelasi hafta unga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyatida. Uning juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingdagi so‘zlari haqida «TASS» xabar berdi.

AQSH Moliya vazirligi «Vagner» guruhini «13581-sonli ijro qarori va unga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq jiddiy transmilliy jinoiy tashkilot» sifatida belgilaydi. Shuningdek, ushbu kvalifikatsiyadan kelib chiqib, Qo‘shma Shtatlar bir necha qit’alarda tashkilot va uni qo‘llab-quvvatlash tizimiga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy qiladi.

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rossiyalik tadbirkor, «Putinning oshpazi» nomi bilan tanilgan Yevgeniy Prigojin tomonidan tashkil etilgan. Guruh 2014 yilda Ukrainada, keyinchalik Suriya, Liviya va Markaziy Afrika Respublikasidagi harbiy harakatlarda qatnashgani haqida ma’lumotlar bor.

2017 yilda guruh AQSH sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi. 2021 yilda Yevropa Ittifoqi guruhni Ukrainaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga tajovuz qilishda, Suriya va Liviyadagi vaziyatni izdan chiqarishda, inson huquqlarini qo‘pol buzganlikda ayblab, sanksiyalar joriy qildi.

Shuningdek, BMT va Fransiya «Vagner» jangchilarini Markaziy Afrika Respublikasidagi zo‘ravonliklar va qotilliklarda ayblaydi.

«Vagner» Ukrainadagi urushda faol ishtirok etmoqda. Uning tarkibi asosan Rossiya qamoqxonalaridagi mahbuslar va ko‘ngillilar bilan to‘ldirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH «Vagner»ni «transmilliy jinoiy tashkilot» deb e’lon qiladi