Tojikiston prezidenti Moskva qabristonidagi janjal to‘g‘risida xavotirini bildirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tojikistonlik mehnat muhojirlari halok bo‘lgan Moskva Xovansk qabristonida sodir bo‘lgan ommaviy to‘s-to‘polon to‘g‘risida o‘z xavotirini ma’lum qildi. Bu haqda u Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev bilan Dushanbeda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirdi, deb xabar qilinadi "Kun" nashrida.
Matbuot xabarida keltirilishicha, Rahmon uchrashuv chog‘ida “Tojikiston-Rossiya strategik hamkorlik aloqalari ishonchli ustuniga tayangan holda, ikkala davlatlar ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashning muhim ahamiyatini alohida qayd etdi”.
Suhbat davomida Tojikiston prezidenti Xovansk mozorida “tojik mehnat muhojirlariga bezorilarcha hujum” xususida o‘z xavotirini ham bildirgan.
Rahmon ushbu nizo tashkilotchilari hamda aybdorlarini javobgarlikka tortish uchun barcha choralarni ko‘rish muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing