1 277
Saudiya Arabistoni islomofobning Qur’oni karim nusxasini yoqqani yuzasidan bayonot berdi

Saudiya Arabistoni shanba kuni Shvetsiya hukumatini ekstremistga Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’oni Karim nusxasini yoqishga ruxsat berganini keskin qoraladi.
Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Saudiya Arabistoni ekstremizm va nafratdan voz kechish bilan birga muloqot, bag‘rikenglik va birgalikda yashash qadriyatlarini yoyish muhimligini ta’kidlaydigan qat’iy pozitsiyasi yana bir bor tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Daniyaning o‘ta o‘ngchi “Stram Kurs” (Qattiq chiziq) partiyasi rahbari Rasmus Paludan Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yonida Qur’oni Karim nusxasini yoqib yuborgani uchun vazirlik Shvetsiyaning Anqaradagi elchisini chaqirganini ma’lum qilgan edi.
Stokgolm politsiya boshqarmasi Paludan shanba kuni Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida namoyish o‘tkazishga ruxsat olganini aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar