
Foto: Peter Steffen/dpa/picture alliance
Germaniyadan birinchi Leopard 2 tanklari Ukrainaga mart oyi oxiri — aprel boshida yetib keladi, deb ma’lum qildi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius.
«Bizda ularning kechikishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q», dedi u.
Bundan tashqari, yaqin kunlarda ukrainalik harbiylar uchun Marder piyoda askarlar jangovar mashinasini boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlanadi.
Tanklar bilan ishlashga tayyorlash jarayoni esa «birozdan keyin» boshlanadi, deb xabar qildi Pistorius.
Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Germaniya va boshqa davlatlar Ukrainaga beradigan Leopard 2 tanklarini katta miqdorda o‘q-dorilar bilan ta’minlashga tayyor.
Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Rossiya harbiy agressiyasidan himoyalanayotgan Ukrainaga Germaniya va boshqa davlatlar yuboradigan Leopard 2 tanklari uchun katta hajmdagi o‘q-dorilar yetkazib bera oladi.
«Rheinmetall bunga tayyor va o‘q-dorilar, ayniqsa, yirik kalibrli o‘q-dorilar ishlab chiqarish quvvatini sezilarli darajada oshirdi», — deb ma’lum qildi konsern Rheinische Post gazetasi so‘roviga javoban.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar