18:23 / 31.01.2023
816

Finlyandiyada Qur’onni yoqishga yo‘l qo‘yilmaydi

Finlyandiyada Qur’onni yoqishga yo‘l qo‘yilmaydi
Finlyandiya politsiyasining ta’kidlashicha, yaqinda Shvetsiya va Daniyada tashkil etilgan Qur’on nusxasini ommaviy ravishda yoqib yuborish kabi holatlar ushbu mamlakatda sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda Finlyandiya OAVlari STT axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Finlyandiya milliy politsiya departamenti muqaddas kitoblarni yoqish “jinoyat” deb hisoblanishini ta’kidlagan.

Agar kimdir omma oldida bunday harakatlar sodir etsa, politsiya sodir bo‘layotgan voqealarga aralashishga majbur bo‘ladi. Agar shunday aksiyalar rejalashtirilgan bo‘lsa, politsiya ishtirokchilarga munosabati qat’iy bo‘lishi haqida oldindan ogohlantiradi”, dedi departament vakili Vesi Pixayoki.

Departament Finlyandiyada konfessiyalararo tinchlikka putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlar qonun bilan taqiqlanganini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar, juma kuni o‘ta o‘ngchi “Hard Line” partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan Qur’oni Karimni yoqib yuborish bilan islomga qarshi navbatdagi provokatsiyani amalga oshirdi. U bir necha kun oldin, 21 yanvar kuni ham ushbu jirkanch ishga qo‘l urgan edi. Bu ish radikal-terrorchi rasmiylarning ruxsati va politsiyachilarning himoyasi ostida o‘tgan.

Shvetsiya rasmiylarining harakatlariga javoban Anqara Shvetsiya mudofaa vaziri Pal Jonsonning Turkiyaga kutilayotgan tashrifini bekor qildi.

Shvetsiya hukumati tomonidan Qur’onni tahqirlash aktini amalga oshirishga ruxsat berilgani ko‘plab islom davlatlarining keskin salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi.

Bundan tashqari, 24 yanvar kuni Niderlandiyada faoliyat yuritayotgan “Vatanparvar yevropaliklar G‘arbning islomiylashuviga qarshi” (PEGIDA) o‘ng qanot ekstremistik harakati yetakchisi Edvin Vagensveld Haagada Qur’on nusxasini yirtib tashlagan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo