08:07 / 08.02.2023
249

O‘zbekistonlik 100 ga yaqin qutqaruvchilar Hatay viloyatiga yo‘naltirildi

O‘zbekistonlik 100 ga yaqin qutqaruvchilar Hatay viloyatiga yo‘naltirildi
Foto: FVV
Turkiyaning janubi-sharqida sodir bo‘lgan halokatli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lib, o‘z uyini yo‘qotgan va yaralangan kishilar soni ortib bormoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Birodar Turkiya xalqiga zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish maqsadida, kecha, 7 fevral kuni O‘zbekistondan ikkita samolyot Adana va Gaziantep shaharlariga gumanitar yordam hamda qutqaruvchilar guruhini olib bordi. Etnik o‘zbeklar ko‘p yashaydigan hududda qutqaruvchilar o‘z ishini boshlab yubordi va yetib kelgan gumanitar yuk ehtiyojmandlarga yetkazib berilmoqda.

Turkiyaning janubiy viloyatlarida ko‘plab o‘zbeklar yashaydigan mahalla va qishloqlar mavjud. Halokatli zilzila aynan ular istiqomat qiladigan hududlarga yaqin yerda sodir bo‘lgan. 15 mingdan ortiq o‘zbek yashaydigan Hatay viloyatidagi Ovakent qishlog‘i eng ko‘p jabrlangan hududlardan biri. Turkiya rasmiylari bilan erishilgan kelishuvga muvofiq, O‘zbekistondan borgan 100 ga yaqin qutqaruvchilar hozirda aynan ushbu hududga yo‘naltirildi va qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

Adana shahrida joylashgan o‘zbeklar uyushmasi rahbari Usmon Bek O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirib, quyidagilarni qayd etdi: "O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va butun O‘zbekiston xalqiga katta rahmat! Qiyin kunimizda bizni yolg‘iz qo‘ymadilar. Bizga gumanitar yordam va qutqaruvchilar guruhini jo‘natishdi. Qutqaruvchilar og‘ir ahvolga tushib qolgan kishilarga yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. Gumanitar yordam ham qisqa fursatlarda o‘z egalariga yetkaziladi".

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo