
9 fevral kuni ertalab Novosibirskdagi besh qavatli turar-joy binosida gaz portlashi sodir bo‘ldi, ikkita kirish qismi qulab tushdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, avvalroq halok bo‘lgan, deb hisoblangan yana bir kishi qutqarilgan, sakkiz kishi jarohatlangan.
Portlashdan keyin yong‘in boshlanib, 300 kvadrat metr maydonga tarqaldi. Hudud vayronalardan tozalanmoqda, deb xabar beradi TASS nashri.
"Bu gaz-havo aralashmasining portlashi edi. Hozirda yonayotgan xonadonlarni o‘chirish, vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda", dedi qutqaruvchilardan biri nashrga bergan intervyusida.
Turar-joy binosidan 50 kishi evakuatsiya qilindi, deb xabar qildi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlik xodimlari uyning yerto‘lasidan jabrlangan bir ayolni topib, uni kasalxonaga olib borishgan, deb xabar berdi RBKga departament matbuot xizmati.
"Yong‘in va qutqaruv bo‘linmalari qulagan kirish eshigi ostidagi yerto‘ladagi vayronalarni tozalash chog‘ida yordam so‘rayotgan ayol ovozi eshitilgan. Avtonarvon yordamida plita olib tashlangan va jabrlanuvchi qutqarib qolingan", deyiladi xabarda.
Uy vayronalari ostida yana uch kishi qolgan bo‘lishi mumkin, dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Novosibirsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Viktor Orlov. Uning ta’kidlashicha, portlash va yong‘in oqibatida 30 ga yaqin xonadon zarar ko‘rgan.
Voqea joyida 197 kishi va 61 texnika ishlamoqda.
Tergov qo‘mitasi tomonidan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish (Jinoyat kodeksining 238-moddasi 3-qismi) moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar