
Foto: Anadoluda Bugün
Turkiyaning Ko‘niyo viloyati ma’muriyati xodimi Mehmet O‘zber Uslu zilzila yuz bergan Hatay shahrida qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashib, vayronalar ostidan 4 million dollar solingan sumkani topib oldi.
U pullarni mahalliy politsiyaga topshirdi. Uning xatti-harakatlari namunali deb topilib, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab maqtovlarga sazovor bo‘ldi.
Biroq, keyinchalik Sabah nashriga ma’lum bo‘lishicha, politsiyaga topshirilgan sumkadagi pullar qalbaki bo‘lib chiqdi.
6 fevral kuni Turkiya janubida va Suriyaning shimolida magnitudasi 7 balldan ortiq bo‘lgan kuchli zilzila yuz berdi. 10 fevral holatiga qurbon bo‘lganlar soni 20 mingdan oshdi. Shuningdek, bir necha o‘n minglab odamlar jarohat oldi, turar-joy binolari vayron bo‘ldi. Ayniqsa, Hatay va Qahramonmarash shaharlarida vayronagarchiliklar eng ko‘p qayd etildi. Hozirda ushbu hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar