08:45 / 13.02.2023
352

Saudiya Arabistoni Shanxay hamkorlik tashkilotiga qo‘shilishni istamoqda

Saudiya Arabistoni Shanxay hamkorlik tashkilotiga qo‘shilishni istamoqda
Saudiya Arabistoni Shanxay hamkorlik tashkilotiga qo‘shilishni istaydi, dedi Rossiyaning Ar-Riyoddagi elchisi Sergey Kozlov “RIA Novosti”ga bergan intervyusida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qirollik BRIKC (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika ittifoqi) bilan hamkorlikdan ham manfaatdor.

Tashqi siyosat yo‘nalishini diversifikatsiya qilish doirasida Saudiya Arabistoni SHHT va BRIKC kabi nufuzli xalqaro birlashmalarga qo‘shilishdan manfaatdor”, — dedi elchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, saudiyaliklar bu borada, xususan, Rossiya tomoni bilan muloqotlar chog‘ida tegishli fikrlarni bildirmoqda.

Agar sheriklik masalasi SHHT muloqotida faol ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, Saudiya Arabistonining BRIKC'ga ehtimoliy a’zoligi hozirda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Kozlov.

Uning qayd etishicha, Ar-Riyodning ushbu ko‘p tomonlama tuzilmalarning, birinchi navbatda, SHHTning integratsiyalashgan qismiga aylanish istagi porloq istiqbolga ega.

Shanxay hamkorlik tashkiloti — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Tashkilotga 2001 yilda Xitoy, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston davlatlari rahbarlari asos solgan. Keyinchalik tashkilotga Hindiston va Pokiston ham qo‘shildi. 2022 yil oxirida Eron parlamenti SHHTga a’zo bo‘lishni ma’qulladi.

2022 yilda SHHTning yillik sammiti 15—16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo