“An-Nasr”da o‘ynayotgan Krishtianu Ronalduga o‘tgan yili aprelda yangi tug‘ilgan o‘g‘li vafot etgani qattiq ta’sir qilgan ekan.
Portugaliyalik hujumchiga yaqin bo‘lgan manbaning ta’kidlashicha, o‘sha noxush voqeadan keyin Ronalduning o‘zini tutishida keskinlik paydo bo‘lgan.
- Ronaldu o‘g‘lidan ayrilgach, o‘zini boshqara olmay qoldi. Bosh murabbiyning e’tirozlariga javoban unga qo‘pollik qildi. Xuddi shu holat agenti Jorje Mendesh bilan ham kuzatildi, - dedi manba L'Equipe jurnalisti bilan suhbatda.
Ronaldu joriy yil boshida Yevropa futbolini tark etib, Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasiga qo‘shildi.
Arablar 38 yoshli to‘purar bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi va har mavsum uchun 200 million yevroga yaqin maosh to‘laydigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar