22:05 / 21.02.2023
400

Rossiya Baydenga Kiyevga tashrifi davomida xavfsizlik kafolatini bermadi

Rossiya Baydenga Kiyevga tashrifi davomida xavfsizlik kafolatini bermadi
Foto: Reuters
AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan 20 fevral kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida Rossiya tomoni AQSH prezidenti Jo Baydenga xavfsizlik kafolatlarini bermaganini tasdiqladi. Bu haqda avvalroq Rossiya FXX rahbari Aleksandr Bortnikov ma’lum qilgan edi.

Sallivan so‘zlariga ko‘ra, AQSH Baydenning tashrifi haqida Rossiyani xabardor qilgan, ammo xavfsizlik bo‘yicha hech qanday kafolat olmagan.

«Oddiy xabarni jo‘natdik va uni qabul qilingani haqida tasdiqnoma oldik. Hech qanday kafolatlar berilmadi. Biz bildirishnoma yubordik. Ular olinganini tasdiqladi. Bor gap shu», dedi u.

Jo Bayden 20 fevral kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga bordi. Bloomberg ta’kidlaganidek, tashrif haqida hamma ham bilmagan, hatto Pentagonda ham, Oq uyda ham. Jeyk Sallivanning ta’kidlashicha, Rossiya «mojaroli vaziyat yuzaga kelmasligi uchun tashrifdan bir necha soat oldin» xabardor qilingan.

20 fevral kuni Ukraina ommaviy axborot vositalari Jo Bayden va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv videosini e’lon qildi. Ular sirena sadolari ostida Kiyevdagi Mixaylovskaya maydoni bo‘ylab yurishdi. Biroq, Reuters agentligiga ko‘ra, havo hujumi haqidagi ogohlantirish soxta bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo