![Xitoy TIV: AQSH doim urushdan foyda ko‘radi](/uploads/posts/2023-02/22564834_0028591609_1920x0_80_0_0_c8ebc23d7b06faec857c6f4c1cc70a13_jpg.webp)
AQSH doimiy ravishda dunyoni himoya qilmoqchi bo‘layotganini jar soladi, biroq ular har doim urushdan foyda ko‘radi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbinning so‘zlariga ko‘ra, AQSH harbiy-sanoat kompleksi Ukraina mojarosida yaxshi pul ishlab oldi.
“AQSH Ukraina mojarosi jang maydoniga eng yirik qurol yetkazib beruvchi hisoblanadi. Kecha AQSH Ukrainaga 500 million dollar harbiy yordam berishini e’lon qildi, biroq Vashington qurol-yarog‘ Xitoy tomonidan yetkazib beriladi, degan yolg‘on ma’lumot tarqatishda davom etmoqda. Ularning niyatlari nima? Qo‘shma Shtatlar doimo dunyoni himoya qilishni xohlayotganini aytadi, lekin aslida ular urushdan katta foyda olishadi. AQSH harbiy-sanoat korxonalari Ukraina mojarosidan katta daromad oldi. Ularning vijdoni qani?”, dedi diplomat.
Avvalroq Oq uy AQSH prezidenti Jo Baydenning Ukrainada bo‘lib o‘tayotgan tashrifiga doir bayonotini e’lon qilgandi. Amerika prezidenti Kiyevga yangi, umumiy qiymati $500 mln. bo‘lgan harbiy yordam jo‘natishni va’da bergan. Uning tarkibiga havo mudofaa tizimlari, jumladan HIMERS yoppasiga o‘t ochish tizimi ham kirishi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar