![Novosibirskka askarlarning jasadlari bo‘lgan yuzdan ortiq tobut yetkazildi](/uploads/posts/2023-02/fqynceblmu3thfewfgyuthzp-lnt9r77.jpg)
Novosibirskning Tolmachevo aeroportiga Ukrainadan rossiyalik harbiylarning jasadlari bo‘lgan yuzdan ortiq tobut olib kelindi, deb yozadi «Sibir.Realii» mahalliy jamoatchilikda e’lon qilingan voqea guvohi videosiga tayanib.
Novosibirskdan olingan kadrlarda alohida xonadagi yog‘och qutilar ko‘rsatilgan, ularning aksariyatiga o‘lim haqidagi guvohnomalar yopishtirilgan.
«Sibir.Realii» jurnalistlari qurbonlardan birining shaxsini tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldi. «Bu xakasiyalik 39 yoshli Sergey Yumashev. Sergeyning sinfdoshlari uning jasadi tug‘ilib o‘sgan Arshanovo qishlog‘iga 25 fevral kuni olib kelinishini aytishgan. U 27 yanvar kuni Baxmut yaqinida vafot etgan», deb yozadi nashr.
Rossiyada safarbarlikning yangi to‘lqini doirasida ommaviy ravishda universitetlarning kunduzgi bo‘limlari talabalarini frontga chaqirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deb xabar berdi Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi.
«Shu maqsadda harbiy ro‘yxatga olish va komissarliklarga kunduzgi bo‘lim talabalariga chaqiruv qog‘ozlarini topshirishda yordam beradigan «ogohlantirish punktlari» yaratilmoqda», — deyiladi Ukraina razvedkasining o‘z Telegram-kanalidagi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar