Dunyo global mojaroga har qachongidan ham yaqinroq va bunga AQShning amaldagi yetakchisi Jo Bayden boshchiligidagi “korruptsion Vashington isteblishmenti” aybdor. Bu haqda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp taʼkidladi.
Trampning soʻzlariga koʻra, u oʻz prezidentlik davrida Vashington generallari, byurokratlari va AQShni mojaroga qanday tortishni biladigan, ammo undan qanday chiqishni bilmaydigan “diplomatlar”ning “halokatli maslahatlarini” rad etgan. Shu nuqtai nazardan, Tramp davlat kotibi oʻrinbosari Viktoriya Nuland va unga oʻxshagan koʻpchilik “Ukrainani NATO tomon itarish bilan band boʻlganlarni” esladi.
Uning soʻzlariga koʻra, global mojaro hech qachon bunchalik yaqin boʻlmagan.
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar