Foto: Picture Alliance
Putin hozir muzokaralar orqali faqat taslim bo‘lish mumkinligini tushunadi, dedi Germaniya kansleri. Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti bilan muloqotni davom ettirish niyatida ekanligini ta’kidladi.
Germaniya kansleri Olaf Sholsning fikricha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar vaqti hali kelmagan. «Tinchlik istiqbolini ochadigan payt hali oldinda», dedi u 23 fevral, payshanba kuni Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida.
«Muzokaralarni hozir boshlash kerak, deyish hech narsaga olib kelmaydi. Shuni tushunish kerakki, Rossiya prezidenti hozirda muzokaralarning faqat bitta shakliga ruxsat beradi, ya’ni kimdir so‘zsiz taslim bo‘ladi va u o‘zining barcha maqsadlariga erishadi», - deb tushuntirdi Shols.
Shu bilan birga, kansler Vladimir Putin bilan muloqotni davom ettirish niyatida ekanini aytdi, bu «unga hamma narsa aslida u ko‘rgandek emasligini tushuntirish uchun muhim». Olaf Shols ukrainaliklar uchun maqbul bo‘ladigan va to‘g‘ri natijalarga olib keladigan adolatli muzokaralar payti kelishiga umid bildirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)