16:30 / 24.02.2023
1 106

AQSH prezidentligiga nomzod Ukrainaga yordamni qoraladi

AQSH prezidentligiga nomzod Ukrainaga yordamni qoraladi

AQSHning asosiy muammolaridan biri narkokartellar bilan bog‘liq bo‘lib, Ukrainaga ajratilgan pulning ozgina qismibilan uni hal qilish kerak edi, dedi prezidentlikka nomzod Vivek Ramasvami.

"Biz fentanil inqirozining asosiy dvigateli bo‘lgan Meksika kartellari bilan muammoni Ukrainada sarflayotgan pulimizning bir qismi bilan hal qilishimiz mumkin edi", deb yozdi Ramasvami Twitter'da.

AQSH armiyasi boshqalardan ustun turgan yagona muammoni - o‘z vatanini himoya qilishni hal qilishi kerak, deb yozgan u.

Ramasvami uning tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlar Xitoydan "mustaqillikni e’lon qilish" va Meksikadagi giyohvand kartellarini yo‘q qilish bo‘lishini ta’kidladi.

Avvalroq kelib chiqishi hind bo‘lgan amerikalik tadbirkor 2024 yilgi saylovlarda nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgandi.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga ko‘ra, 2021 yilda AQSHda 107 mingga yaqin odam dozani oshirib yuborishdan o‘lgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidentligiga nomzod Ukrainaga yordamni qoraladi