Fransuz siyosatchisi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni muzokaralardan bosh tortishni to‘xtatishga chaqirdi.
Fransiyaning «Patriotlar» partiyasi raisi Florian Filippo Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni jahon urushini boshlashga intilayotganlikda aybladi.
U Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Zelenskiyga Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashni so‘rab murojaat qilgani haqidagi ma’lumotga munosabat bildirdi. Ushbu murojaatga Ukraina yetakchisi rad javobini bergan edi.
«Amerika «qirg‘iylari» tomonidan yuborilgan Zelenskiy, agar kerak bo‘lsa, jahon urushigacha boradi: keling, uni to‘xtataylik!» deya yozgan fransuz siyosatchisi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar