20:20 / 26.02.2023
607

Rossiya Ukrainadagi urushga bir yilda qancha pul sarflagani hisoblandi

Rossiya Ukrainadagi urushga bir yilda qancha pul sarflagani hisoblandi

Rossiya Ukrainaga boshlagan bosqini oqibatida ko‘plab askarlarini, shuningdek, qurol va texnikalarini yo‘qotdi. Forbes nashri 12 oy ichida Rossiya harbiy mojaroga 114,4 milliard dollar sarflaganini ma’lum qildi.

Tahlilchilarning ma’lum qilishicha, mazkur summa urushning bevosita xarajatlarini o‘z ichiga oladi, unda Rossiyaning Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli ko‘rgan iqtisodiy va bilvosita yo‘qotishlari hisobga olinmagan. Rossiya o‘z armiyasini ta’minlash uchun eng ko‘p mablag‘ — taxminan, 36 milliard dollar sarflagan. Harbiy xizmatchilarning maoshi qariyb 24,7 milliard dollarni tashkil etadi, rasmiylar frontda halok bo‘lganlarning oilalariga hamda yaradorlarga to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon miqdori qariyb 29 milliard dollarni tashkil qilishini aytgan.

Urush yilida Rossiya o‘nlab yillar davomida to‘plagan deyarli barcha tanklarini yo‘qotgan. Ukraina armiyasi qarshi tomonning jami 3 350 tankini yo‘q qilgan. Rossiya armiyasi quruqlikdagi harbiy texnikaning 40-70 foizini yo‘qotgan. Bundan tashqari, ukrainalik jangchilar 12 oy ichida ko‘plab rus aviatexnikalarini yo‘q qilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori taxminan 9,5 milliard dollarni tashkil etadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukrainadagi urushga bir yilda qancha pul sarflagani hisoblandi