Foto: InoSMI
Finlyandiya Rossiya bilan chegaradosh hududida devor qurishga kirishdi. Qurilishga Imatra chegara punktida start berildi, dushanbadan bu yerdagi daraxtlarni kesish boshlab yuborildi.
Avvaliga 3 km uzunlikda devor qurilib, sinab ko‘riladi. Sovuqqa bardoshliligi, o‘tishga urinuvchilarni to‘xtatish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Uch kilometrli devorning bahosi — 6 mln yevro. Qurilish iyunda tugaydi.
Finlar qurayotgan devorning balandligi 3 metr bo‘ladi, videokameralar, projektorlar va ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatiladi.
Devorning jami uzunligini 200 kilometrga yetkazish reja qilingan. Rossiya va Finlyandiya o‘rtasidagi chegara uzunligi — 1 300 kilometr.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing