15:37 / 02.03.2023
1 623

Rossiya Ugledar yaqinidagi tanklar jangida qaqshatqich zarbaga uchradi

Rossiya Ugledar yaqinidagi tanklar jangida qaqshatqich zarbaga uchradi

Rossiya armiyasi fevral oyining so‘nggi uch xaftasida Ugledar shahriga qilgan hujumi urush davridagi eng yirik tanklar jangiga aylandi va bu to‘qnashuvda Rossiya armiyasi 130 dan ortiq zirxli texnikasidan ayrildi. Bu haqda The New York Times gazetasi yozmoqda.

The New York Times gazetasining Ukraina armiyasi vakillari va frontdagi o‘z muxbirlariga tayanib yozishicha, so‘nggi uch hafta ichida Ukraina Qurolli kuchlari mudofaa qilayotgan Ugledarga hujum qilishga uringan. Buning natijasida Rossiya armiyasi 130 dan ortiq zirhli texnikasidan ayrilgan. Ukraina qancha texnika yo‘qotgani haqida ma’lumot berilmagan.

Ukraina armiyasi bosqinchilarning zirhli transport kolonnalariga nafaqat sovet uslubidagi komplekslardan, balki Amerikaning tankka qarshi Javelin tizimlari, M777 gaubitsalari va HIMARS raketa tizimlaridan foydalangan holda zarbalar berdi, deb yozadi gazeta.

Ukraina armiyasining 72-brigada qo‘mondonining so‘zlariga ko‘ra, Ugledar uchun jang ushbu urushdagi eng katta tank jangi bo‘lib, unda Rossiya 130 dan ortiq tank va zirhli transport vositalarini yo‘qotgan.

Amerika nashrining baholashicha, Moskva urush avvalida yuzlab tanklarini yo‘qotishiga sabab bo‘lgan xatoni rus harbiylari Ugledar yaqinidagi jangda ham takrorlagan. Ya’ni, Rossiya harbiylarining texnikalari yana kolonna bo‘lib cho‘zilib hujumga o‘tgan va Ukraina harbiylari avvaldan tayyorlangan pistirmalardan turib, ularni bitta-bitta yo‘q qilgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo