Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)

Ukrainada urushning 373-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Melitopolni Zaporijjya oblastining annexia qilingan qismi poytaxti deb e’lon qildi.
  • AQSh Ukrainaga 400 million dollar miqdorida yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi.
  • «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmut «amalda qurshab olingani»ni aytdi va Ukraina qo‘mondonligidan shahardagi qo‘shinlarini olib ketishni so‘radi.
  • Donetsk oblastining RF nazoratidagi Yenakiyevo shahri yaqinida rossiyaliklarning Su-34 samolyoti quladi.
  • Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya «Shimoliy oqim» tizimining shikastlangan gaz quvurlari ishini to‘xtatib qo‘ymoqchi.
  • Putin harbiy holat davrida davlat mudofaa buyurtmalarini bajarmaydigan kompaniyalarda tashqi boshqaruv joriy etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
  • Yevroittifoq sanksiyalariga uchragan «Tinkoff» banki urush davrida o‘n minglab rossiyaliklar ketgan Gruziyaga valuta yuborishni to‘xtatdi.
  • Ukrainada sud rossiyalik uchuvchini Xarkiv bo‘ylab aviazarbalar bergani uchun 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Kun kadri. Rossiyaliklarning urib tushirilgan Su-34 samolyoti

Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Donetsk oblastining Rossiya nazoratidagi Yenakiyevo shahri yaqinida qulagan Su-34 harbiy samolyotining yonayotgan qoldiqlari. «RBK-Ukraina» nashri Ukraina havo qo‘shinlariga asoslangan holda ukraina zenit-raketa qo‘shini 3 mart kuni rossiyaliklarning bombardimonchi samolyotini urib tushirgani haqida xabar bergan. Yenakiyevoning Rossiya tomonidan tayinlangan meri Roman Xramenkovga ko‘ra, uchuvchilarning ikkisi ham omon qolgan.
AP / Scanpix / LETA

Baxmut mudofaasi

Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, rossiyaliklar Baxmutga qurshab olish harakatlarini to‘xtatmayapti. So‘nggi bir kunda ukrain kuchlari Baxmutning o‘zida, shuningdek Vasyukovka va Dubovo-Vasilevka qishloqlarida raqibning «ko‘p sonli» hujumlarini qaytargan. «Vagner» XHK Xromovo posyolkasiga yaqin kelib, shimolda Bogdanovka va Chasiv Yar yo‘nalishlarida ilgarilash orqali, amalda Baxmutdagi ukrain kuchlari ta’minotini kesib qo‘ygan, Baxmutdagi bo‘linmalar yaqin vaqtlar ichida hozircha xavfsiz bo‘lib turgan yo‘llar orqali chekinishi kutilmoqda.

Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Baxmutdagi boshpanada dam olayotgan ukrain harbiylari
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Ukrainalik harbiy xizmatchi rafiqasi bilan videoaloqa orqali suhbatlashmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Ukrainalik harbiy xizmatchi Baxmutdagi vayronaga aylangan ko‘cha bo‘ylab harakatlanmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Ukrainalik harbiy Baxmut aholisi vakiliga suv bermoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Shaharga hujum oqibatlari
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Pozitsiyada avtomatik granatomyot bilan turgan ukrainalik jangchi
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Oldingi chiziqdagi yarador ukrain harbiysi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Baxmutdagi front chizig‘i yaqinida yangi qazilgan okoplar
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Yaralangan ukrain askarlari evakuatsiyasi 

Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Pirogov nomidagi Birinchi ko‘ngillilar mobil hospitali reanimatologi, feldsher Maryana tez yordam mashinasida yarador ukrain askariga yordam ko‘rsatmoqda. Uni Baxmutdagi front chizig‘i yaqinidagi dala hospitalidan Kramatorskdagi maxsus travmatologiya hospitaliiga evakuatsiya qilishmoqda. Foto: Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA

Tez yordam mashinasi kabinasidan ko‘rinish
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjyada xarobalarni tozalash jarayoni

2 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Zaporijjya shahriga raketa zarbasi yo‘lladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Zaporijjya S-300 zenit-raketa tizimlari orqali o‘qqa tutilgan. Raketalardan biri besh qavatli turar joyga kelib tushgan, natijada 10 kvartira vayron bo‘lgan. Raketa zarbasi qurbonlari soni 10 kishini tashkil etmoqda.

Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Rossiyaliklar raketasi kelib tushgan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar
Kovalev / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 373-kuni: Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari (foto)
Politsiya rossiyaliklar raketasi turar joy binosiga kelib tushishi oqibatida halok bo‘lgan mahalliy aholi vakili jasadini ko‘zdan kechirmoqda. Foto: Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar