Foto: Picture Alliance
Rossiya armiyasida Baxmutdan olg‘a siljish uchun zarur bo‘lgan mexanizatsiyalashgan kuchlar yetishmayapti va shaharga hujum qilishda qo‘llaniladigan taktik «hujum otryadlari» manyovrli urushga qodir emas, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) yangi hisobotida.
Tahlilchilarga ko‘ra, Baxmutni qo‘lga kiritgandan so‘ng rus qo‘shinlari g‘arbga - Konstantinovka tomonga yoki shimoli-g‘arbga - Slavyansk-Kramatorsk o‘lkasi tomon harakatlanishi mumkin.
ISW ekspertlari fikricha, Rossiya qo‘mondonligi o‘z kuchlarini hujumning bir necha hududlarida tarqatib yuborgan bo‘lsa-da, «hech bo‘lmaganda muvaffaqiyatga erishish imkoniyati»ga ega bo‘lish uchun rus harbiylari ushbu yo‘nalishlardan biriga ustuvor ahamiyat qaratishi kerak.
Shu bilan birga, Ukraina kuchlari ikkala yo‘nalishni ham sezilarli darajada mustahkamladi, deya ta’kidlaydi tahlilchilar. Rossiyaning ushbu yo‘llar bo‘ylab olg‘a siljishga har qanday urinishi «juda qimmatga tushishi» mumkin, deyiladi hisobotda.
Baxmutning egallab olinishi Rossiya qo‘shinlariga Ukraina sharqidagi muhim shaharlarni nazorat qilishiga yo‘l ochadi, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSHning CNN telekanaliga bergan intervyusida, Kiyevning Baxmutni himoya qilish va shahardagi pozitsiyalarni mustahkamlash qarorini tushuntirib.
Ukraina tomonining fikriga ko‘ra, Baxmutdan keyin rus qo‘shinlari uzoqroqqa - Kramatorsk va Slavyanskka borishlari mumkin edi. «Shu bois yigitlarimiz shu yerda turibdi», – dedi Ukraina davlati rahbari.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!