AQShga asteroid quladi

Amerikaning Arizona shtatiga uncha katta bo‘lmagan asteroid (meteoroid) quladi, deyiladi "Kun" nashrida.
Undan jabr ko‘rganlar haqida ma’lumot yo‘q. Dametri uch metr atrofida bo‘lgan hamda og‘irligi bir necha o‘n tonna keladigan osmon jismi mahalliy vaqt bilan taxminan tonggi to‘rtda Arizona ustidagi Er atmosferasiga kirib keldi.
NASA ekspertlari hisobiga ko‘ra, meteoroid tezligi soatiga 64 ming kilometrni tashkil etgan. Osmon jismining kinetik energiyasi taxminan 10 kilotonna bo‘lgan.
Ob’ekt Tonto Milliy parki hududida 35 kilometr balandlikda portlab, mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan.
"Vayronagarchilik va jarohatlanganlar haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Shunchaki yorug‘lik darajasi odatdagidan ko‘proq bo‘lgani va bir necha marotaba baland zarb tovushlari eshitilgani haqida xabar qilindi", - dedi NASA xodimi,
Hantsvilldagi Marshal nomli kosmik parvozlar markazida meteoritlarni o‘rganish bo‘limidan Bill Kuk.
Portlend polisiyachilari AQShning shimoli-sharqidagi Men shtatida meteoritning qulashini tasvirga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing