22:31 / 12.03.2023
785

G‘arb Ukrainaga qo‘shinlar jo‘natishga tayyorlanmoqdami?

G‘arb Ukrainaga qo‘shinlar jo‘natishga tayyorlanmoqdami?

Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanining aytishicha, Ukrainaning G‘arbdagi ittifoqchilari mamlakatga qo‘shin yuborish masalasini hech qachon muhokama qilmagan. Bu haqda vazir Radio24 efirida gapirgan.

«Men bu haqda bilmayman. Biz hech qachon Kiyevga qo‘shin yuborish haqida gapirmaganmiz. Kecha ittifoqchi davlatlar tashqi ishlar vazirlari va AQSH davlat kotibi Blinken o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi — unda Ukrainaga qo‘shin yuborish haqida hech qachon gapirilmadi», — deydi janob Tayani.

Shu tariqa,  Italiya TIV rahbari Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning G‘arb davlatlari Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishga yaqinlashayotgani haqidagi bayonotiga izoh bergan.

Eslatib o‘tamiz, avval G‘arb Ukrainaga zamonaviy tanklarni berishga qaror qilgandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo