23:47 / 15.03.2023
263

Markaziy Osiyo davlatlari muzliklarni birgalikda monitoring qiladi

Markaziy Osiyo davlatlari muzliklarni birgalikda monitoring qiladi

Foto: Picture Alliance/DPA

Markaziy Osiyodagi barcha muzliklarni monitoring qilish va modellashtirish uchun yagona hujjat ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar ma’lum qildi, deb yozdi Kazinform.

«Yashil Markaziy Osiyo» tashabbusi doirasida Markaziy Osiyodagi barcha muzliklarni monitoring qilish va modellashtirish bo‘yicha yagona hujjat ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, «Markaziy Osiyoda iqlim muammolarini boshqarish» loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha iqlim o‘zgarishiga moslashish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha milliy darajada belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlarining belgilangan ko‘rsatkichlariga erishishga xizmat qiladi», dedi u.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha mintaqaviy strategiyani ishlab chiqmoqda.

«Yashil Markaziy Osiyo» tashabbusi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari vakillaridan iborat ishchi guruh «Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha mintaqaviy strategiya»ni ishlab chiqmoqda. Qozog‘iston tomonining mintaqaviy strategiyani ishlab chiqishda ishtirok etishi ekologik va iqlim muammolari bo‘yicha mintaqaviy siyosiy muloqotni shakllantirish imkoniyatini ochib beradi», deb qo‘shimcha qildi Sklyar.

Hujjat loyihasi mintaqadagi barcha davlatlar tomonidan ma’qullanishi kerak. Shundan keyingina amalga oshirish boshlanadi.

«Shuningdek, bu butun Orol bo‘ylarini, jumladan, Qozog‘istonga tegishli qismini ham rivojlantiradi, uning ekotizimini saqlab qolish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Ayni paytda davlat organlari darajasida mintaqaviy strategiya loyihasini tasdiqlash ishlari olib borilmoqda. Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari tomonidan ma’qullangach, uni amalga oshirish rejalashtirilmoqda», dedi hukumat rahbarining birinchi o‘rinbosari.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo