Pentagon rasmiysi Quyosh tizimiga o‘zga sayyoralik kosmik kema tashrif buyurayotganini aytdi

Dunyo1 daqiqa o'qish923
Pentagon rasmiysi Quyosh tizimiga o‘zga sayyoralik kosmik kema tashrif buyurayotganini aytdi

Pentagon rasmiylari o‘zga sayyoraliklar Quyosh tizimiga tashrif buyurishi va boshqa sayyoralarni o‘rganish uchun NASA missiyalariga o‘xshash kichik zondlarni yuborishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

7 mart kuni Pentagonning barcha sohalarda anomaliyalarni bartaraf etish boshqarmasi direktori Shon Kirkpatrik va Garvard universiteti astronomiya kafedrasi mudiri Avraam Leb tomonidan tadqiqot hisoboti loyihasi e’lon qilindi. Loyiha noma’lum havo hodisalarining jismoniy chekloviga e’tibor qaratgan.

“Sun’iy yulduzlararo obyekt Yerga yaqinlashganda ko‘plab kichik zondlarni faollashtiradigan kosmik kema bo‘lishi mumkin. Bu NASA missiyalaridan unchalik farq qilmaydigan operatsion dizayndir”, — deyiladi xabarda.

Hisobotga ko‘ra, NASA'ga 2005 yilda Kongress tomonidan Yer yaqinidagi 140 metrdan katta obyektlarning 90 foizini aniqlash topshirilgan, bu esa Pan-STARRS teleskoplarini yaratishga olib kelgan. 2017 yil 19 oktyabrda Pan-STARRS g‘ayrioddiy yulduzlararo obyektni aniqlagan, u “Oumuamua” deb nomlangan, bu Gavayi tilida “razvedkachi” degan ma’noni anglatadi. Shunga o‘xshash ikkinchi obyekt tekshiruvi 2023 yilning fevral oyida kuzatilgan.

Pentagon rasmiysi Quyosh tizimiga o‘zga sayyoralik kosmik kema tashrif buyurayotganini aytdi

“Ushbu tadqiqot obyektlari Yerga yoki Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralarga yetib borishga qodir. Ularni aniqlash oson emas, chunki ular yetarlicha quyosh nurini aks ettirmaydi, bu esa teleskoplar tomonidan ularni aniqlashni qiyinlashtiradi”, — deyiladi hisobotda.

Tadqiqot hisoboti AQSH osmonida noma’lum uchuvchi jismlarni bir oy sinchkovlik bilan o‘rganishdan so‘ng chop etilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?