![Rossiya qo‘shinlari ukrainaliklarni Kreminnadan chekinishga majbur qilmoqda](https://storage.kun.uz/source/9/5UIp0vTNuhkhyZdLacUAmzW12JtAAXJd.jpg)
Foto: Reuters
Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Kreminnani ozod qilishga yaqin edi, ammo so‘nggi haftalarda shiddatli janglar paytida Rossiya kuchlari Ukrainaning ushbu shahriga eng yaqin pozitsiyalari ustidan qisman nazoratni tikladi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi vaziyat bo‘yicha navbatdagi sharhida Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya kuchlarining Luhansk viloyatidagi Kreminna yaqinidagi oldinga siljishini baholadi. Idora Luhansk viloyati shimolidagi Kreminna va Svatovo yo‘nalishida mart oyi boshidan beri davom etayotgan shiddatli janglarga ishora qildi. Britaniya vazirligi 23 mart, payshanba kuni Twitter'da Rossiya Kreminna yaqinidagi yo‘nalishlar ustidan nazoratni qisman tiklagani haqida xabar berdi.
Londonga ko‘ra, ba’zi hududlarda Rossiya kuchlari bir necha kilometr oldinga siljishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshida Ukraina kuchlari bu shaharni ozod qilishga yaqin turgandi.
«Rossiya qo‘mondonligi, har ehtimolga qarshi, tepaliklar bo‘ylab tayyorlagan mudofaa chizig‘ining g‘arbidagi xavfsizlik zonasini kengaytirishga va Oskil daryosi ko‘rinishidagi tabiiy to‘siqni birlashtirishga harakat qilmoqda», deb hisoblaydi Britaniya Mudofaa vazirligi. Bundan tashqari, idora Rossiya kuchlari yirik logistika markazi hisoblangan Kupyanskni qaytarib olishga harakat qiladi, degan taxminda.
Operatsion nuqtayi nazardan, Rossiyaning Ukraina shimoli-sharqidagi niyatlari, ehtimol, hali ham mudofaaga taalluqli, deya ta’kidlanadi sharhda. «Ehtimol, qo‘mondonlik bu Ukraina armiyasi yirik hujum operatsiyalarini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan sektorlardan biri ekanligidan xavotirda», deya qo‘shimcha qildi Londondagi ekspertlar.
Xarkiv viloyati sharqidagi Kupyansk Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushning birinchi kunidayoq egallab olindi. Sentyabr oyi boshida Ukrainaning ushbu shahri ozod qilingani haqida ma’lum bo‘ldi. Luhansk viloyatining Kreminna shahri 2022 yil aprelidan beri Rossiya Qurolli kuchlari va o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «LXR» kuchlari nazoratida.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar