Quyoshda ulkan “teshik” paydo bo‘ldi: shu hafta Yerga kuchli to‘lqin uriladi

Dunyo1 daqiqa o'qish1K
Quyoshda ulkan “teshik” paydo bo‘ldi: shu hafta Yerga kuchli to‘lqin uriladi
Quyoshda ulkan “teshik” paydo bo‘ldi: shu hafta Yerga kuchli to‘lqin uriladi
Quyosh yuzasida ulkan “teshik” paydo bo‘ldi, u 31 mart kuni Yer tomonga quyoshli shamollar to‘lqinini haydashi mumkin. Bu haqda Science Alert xabar bermoqda.
 
Xabar qilinishicha, bu so‘nggi vaqtlarda aniqlangan ikkinchi “teshik”. Yaqinda Quyoshda Yerdan 30 baravar kattaroq tojli “teshik” topilgan. Endigi teshikning o‘lchami Yerdan 18—20 baravar katta, biroq u chiqaradigan quyoshli shamol bizga zarar keltirmaydi.
 
Tojli “teshiklar” koinotga Quyoshdan qaynoq shamol chiqaradi, bu esa sun’iy yo‘ldoshlarga zarar yetkazishi va Yerda qutb yog‘dularini keltirib chiqarishi mumkin.
 
Olimlarning fikricha, yangi “teshik” Quyosh ekvatoriga yaqin nuqtada joylashgan. Tojli “teshiklar” juda keng tarqalgan, lekin ular odatda Quyosh qutblariga yaqinroq joyda ko‘rinadi.
 
Olimlarning fikricha, tojli “teshiklar” sekundiga 800 kilometrdan ortiq tezlikda juda tez qaynoq shamollarni keltirib chiqarishi mumkin.
 
“Ushbu tojli teshikning shakli unchalik o‘ziga xos emas. Biroq uning joylashuvi qiziq”, — deydi London Universitet kolleji fazo va iqlim fizikasi dotsenti Daniel Versharen. Uning aniqlik kiritishicha, quyoshli shamol Yerga taxminan 31 mart, juma kuni kechqurundan 1 aprel, shanba kuni ertalabgacha yetib keladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?