
Dunyoning qator mamlakatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalarga qaramasdan Rossiyada ishsizlik va inflyatsiya rekord past darajada qolmoqda, dedi Hukumat a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Vladimir Putin.
Rossiya prezidenti nutqidan asosiy bayonotlar:
- aholi real daromadlari o‘rtacha o‘sib bormoqda, biroq ayrim hududlarda bunday emas. Ularning o‘sishi tezlashishi kerak, eng kam ish haqining oshirish kerak;
- yillik inflyatsiya mart oyida 4 foizdan pastga tushdi va ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, yanada pasayishda davom etadi. Inflyatsiyaning haddan tashqari sekinlashishiga ham, tezlashishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak;
- Rossiyada ishsizlik rekord darajada pastligicha qolmoqda, biroq bu mehnat bozoridagi barcha muammolar hal qilingan degani emas;
- Rossiya Federatsiyasida umr ko‘rish davomiyligi oshdi, bu tendensiyalarni qo‘llab-quvvatlash kerak;
- Rossiya iqtisodiyotining o‘sish trayektoriyasiga qaytishi bo‘shashmasligi kerak, ijobiy tendensiyalarni saqlab qolish va mustahkamlash, byurokratiya va kechikishlarsiz harakat qilish kerak;
- sanksiyalardan eng ko‘p zarar ko‘rgan tarmoqlarni, shu jumladan, avtomobilsozlik sanoatini tiklash asosiy maqsaddir;
- o‘rta muddatli istiqbolda sanksiyalar Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ichki talabning barqaror o‘sishini ta’minlash zarur;
- o‘tgan haftada xitoylik hamkasblarimiz bilan hamkorlikning sakkizta eng muhim yo‘nalishi, jumladan, moliya sektoridagi hamkorlik belgilandi;
- Volga-Kaspiy kanalini chuqurlashtirishni yakunlash va Azov-Qora dengiz havzasi portlarining sig‘imini oshirish kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar